Standard hisoblar
Har xil strategiyalardan foydalanadigan treyderlar uchun ideal,
komissiyasiz hisoblar. Hozir ro‘yxatdan o‘ting va tengsiz savdo
shartlariga ega eng mashhur hisoblardan foydalaning.
Standard Cent
Yangi boshlovchilar uchun ideal. Qulay boshlash uchun mikro lotlarda savdo qiling.
Platform
MT4
Minimum na deposito
$10
Spread
0.3 pipsdan boshlab
Komisyon
Komissiyalar yo‘q
Mga instrumento
Foreks, Tovarlar
Standard
Barcha turdagi savdo strategiyalariga mos keladigan eng mashhur hisob turi.
Platform
MT4/MT5
Minimum na deposito
$10
Spread
0.3 pipsdan boshlab
Komisyon
Komissiyalar yo‘q
Mga instrumento
Foreks, Indekslar, Tovarlar, Aksiyalar, Kripto
| Standard Cent | Standard | |
|---|---|---|
| Platform | MT4 | MT4/MT5 |
| Minimum na deposito | $10 | $10 |
| Currency ng account | USC | USD, EUR, GBP, JPY, MYR, IDR, THB, VND, KWD, CNY, ZAR, AED, NGN |
| Maximum na leverage | 1:3000 | 1:3000 |
| Komisyon 1 | Komissiyalar yo‘q | Komissiyalar yo‘q |
| Swap-free 2 | Mavjud | Mavjud |
| Spread | 0.3 pipsdan boshlab | 0.3 pipsdan boshlab |
| Min na laki ng lot | 0.01 cent lot | 0.01 lot |
| Max na laki ng lot | 100 cent lot (0.01 qadam bilan) | 100 lot |
| Max na bilang ng posisyon | 100 | 1000 |
| Margin call | 40% | 40% |
| Stop out | 20% | 20% |
| Paraan ng pag-execute | Bozor | Bozor |
| Mga instrumento | Foreks, Tovarlar | Foreks, Indekslar, Tovarlar, Aksiyalar, Kripto |
1Agar hisobning asosiy valyutasi USD'dan farq qilsa, komissiya miqdori USD ekvivalentida undiriladi (Komissiyalar haqida batafsil maʼlumot Raw Spread boʻlimidagi "Shartnoma spetsifikatsiyalari" sahifasida keltiriladi).
2Iltimos, svopsiz opsiya musulmonlar va Kengaytirilgan svopsiz darajaga ega mijozlar uchun mavjud ekanini yodda tuting.
Tez-tez so‘raladigan savollar
1
Savdo hisobi nima?
Savdo hisobi ma’lum ma’noda bank hisobiga o‘xshaydi. U mablag‘ saqlash, depozit qilish va yechib olish uchun ishlatiladi. Treyderlar turli toʻlov tizimlaridan foydalanib, hisoblariga mablagʻ yuborishi va ularni yechib olishlari mumkin. JustMarkets mijozlari uchun mavjud to‘liq ro‘yxat Depozit va Mablag’ Yechib olish sahifasida keltirilgan.
JustMarkets eng yaxshi savdo shartlarini taklif qilib, treyderlarga zarur savdo vositalari, strategiyalar, past spredlar va moslashuvchan kredit yelkasini taqdim etadi. Hozirda bir nechta hisob turlari mavjud.
Har bir savdo hisobining asosiy maqsadi turli moliyaviy instrumentlarda tranzaksiyalar (orderlarni ochish va yopish) amalga oshirishdir. Instrumentlar ro‘yxati hisob turiga qarab farq qilishi mumkin. Har bir instrumentning xususiyatlari haqida bu yerda ko‘proq bilib olishingiz mumkin.
Bozor order ijrosi barcha hisob turlarida mavjud. JustMarkets sizga skalping, xedjlash, yangiliklar bo‘yicha savdo kabi strategiyalarni qo‘llashga imkon beradi.
2
Demo
Yangi boshlovchilar yoki o’z strategiyalarini sinab ko‘rishni istaganlar uchun JustMarkets bepul demo hisob ochish imkoniyatini beradi. Demo savdo – bu amaliyot va mashgʻulotga qaratilgan real savdoning simulyatsiyasidir. Demo hisob uchun investitsiyalar talab qilinmaydi va u bepul ishlatiladi. Bu sizga onlayn savdo bo‘yicha tajriba orttirish, MetaTrader’da amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va o‘z strategiyangizni xavfsiz sinab ko‘rish imkonini beradi.
Iltimos, demo hisobdagi savdo xuddi real hisobdagi kabi prinsipda ishlashi va savdo sharoitlarini takrorlashini, ammo baʼzi farqlarni hisobga olish kerakligini unutmang.
Demo hisoblar simulyatsiya qilingan bozor muhitida ishlaydi. Demo hisob grafiklaridagi kotirovkalar maksimal darajada real kotirovkalarga yaqin. Biroq, simulyatsiya qilingan likvidlik Jonli serverdagi likvidlikdan farq qiladi. Barcha savdolar ichki tarzda qayta ishlanadi va moliyaviy bozorlarga kirmaydi.
Siz JustMarkets’ning istalgan hisob turi – Standard Cent, Standard, Pro yoki Raw Spread demo versiyasida mashg‘ulotni boshlashingiz mumkin. Shu orqali brokerning savdo shartlarini sinab ko‘rib, o‘zingizga eng qulay hisob turini tanlashingiz mumkin.
Bunday turdagi savdo sizda bozor haqidagi shaxsiy qarashni shakllantiradi va kelajakda Foreks bozorida ishonch bilan savdo qilish imkonini beradi. Demo hisobda muvaffaqiyatga erishganingizdan so‘ng, real savdo hisobiga o‘tish vaqti keladi.
3
Standard Cent
Standard Cent hisobi yangi boshlovchi treyderlar uchun mo‘ljallangan. Agar demo savdoni ortda qoldirgan bo‘lsangiz, ammo katta depozit kiritishga hali tayyor bo‘lmasangiz, Standard Cent hisobi siz uchun eng to‘g‘ri tanlov. Ushbu hisobdagi balans sentlarda o‘lchanadi. Shunday qilib, sizning savdo strategiyangiz Standard Cent hisobida daromad olishga yordam berishi mumkin.
Standard Cent hisobi bu:
- Pul boshqaruvi koʻnikmalaringizni yaxshilash uchun ajoyib vosita. Kichik miqdordagi pullar bu maqsadga eng mos keladi.
- Xavflarni boshqarish amaliyotini o‘rganishning eng yaxshi usuli.
- Kichikroq xavf bilan real mablag‘larda savdo qilish hissiyotini boshdan kechirish imkoniyati.
- Foreks maslahatchilarini sinab ko‘rish instrumenti.
- JustMarkets xizmatlari va shartlarini amalda baholash imkoniyati.
Standard Cent savdo hisobi Standard hisobi bilan koʻp jihatdan umumiy. Shu bilan birga, xavflarning ancha pastligi sababli, u savdo asoslarini ortiqcha stresssiz va byudjetingizda boʻshliqlar qoldirmasdan asta-sekin oʻrganish imkonini beradi.
O‘z ko‘nikmalaringizga ishonch hosil qilganingiz va Standard Cent hisobida muvaffaqiyatga erishganingizdan soʻng, Standard, Pro yoki hatto Raw Spread hisoblariga o‘tishingiz mumkin.
4
Standard
Standard hisobi eng mashhur hisob turidir. U asosiy vositalar to‘plamini, 0,3 pipsdan boshlanuvchi past spredlarni va komissiyalarsiz savdoni o‘z ichiga oladi. Stop Loss va Take Profit orderlarini ham buyurtma ochishda, ham keyinroq sozlash mumkin. Standard hisobi kunlik grafiklarda savdo qilish va agressiv bo‘lmagan kundalik savdolar uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu hisob turida savdo strategiyalariga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan.
5
Pro
Yaxshilangan savdo shartlari, pastroq spred va komissiya toʻlovlari yoʻq hisob. Treyderlar Pro hisoblarda istalgan savdo uslubidan foydalanishlari mumkin. Ushbu hisob turi past spredlar, yuqori kredit yelkasi, komissiya yo‘qligi hamda orderlar soni va hajmiga cheklovlar qo‘yilmaganligi bilan ajralib turadi.
Pro hisobining asosiy afzalligi – keng ko‘lamli savdo instrumentlari: 50 dan ortiq valyuta juftliklari, indekslar, metallar va tovarlar. Siz barcha savdo va investitsiya g‘oyalaridan foydalanishingiz mumkin.
6
Raw Spread
Raw Spread hisobi sizga dinamik savdoni his qilish imkonini beradi. Kundalik, tez-tez kirish-chiqishlarni afzal ko‘radigan va qisqa vaqt oralig‘ida ishlaydigan bozor ishtirokchilari odatda aynan shu hisob turini tanlaydilar. U skalperlar uchun eng qulay hisob turi deb hisoblanadi. Tranzaksiyalar uchun komissiya mavjud, ammo spred 0.0 pipsdan suzuvchi bo‘lib, boshqa hisob turlariga nisbatan ancha past. Ushbu hisobda savdo qilganingizda, siz moliyaviy instrumentlarning toʻliq xilma-xilligini olasiz.
7
Islomiy hisoblar
JustMarkets islom diniga e’tiqod qiluvchi foydalanuvchilar uchun maxsus imkoniyat yaratgan. Shariat qonunlariga ko‘ra, svopli savdo taqiqlangan. Shuning uchun maxsus svopsiz savdo hisoblari yaratilgan.
Svop – bu bir savdo kuni oxirida pozitsiyani yopish va ertasi kuni yopilish narxida uni qayta ochish uchun to‘lanadigan to‘lovdir. Svopsiz hisoblar orqali treyderlar xohlagancha ochiq pozitsiyalarni saqlashlari mumkin, svop hajmini hisobga qoʻshmasdan yoki undan yechib olmasdan. Bunday holda savdo natijasi faqat ma’lum davrdagi valyuta kursi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Svopsiz hisoblardan foydalanish ixtiyoriydir. Standard Cent, Standard, Pro yoki Raw Spread hisobingizni svopsiz hisobga aylantirish uchun qo‘llab-quvvatlash jamoasiga murojaat qiling.
8
Svopsiz daraja nima?
Svopsiz daraja – bu kechasi ochiq pozitsiyalar uchun svop to‘lashni talab qilmaydigan maqom. 2 xil svopsiz daraja mavjud: Kengaytirilgan va Standard. Kengaytirilgan svopsiz darajaga ega mijozlar uchun ko‘plab instrumentlarda svop undirilmaydi. Svopsiz darajalar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.