Mijozlarni Himoya Qilish
JustMarkets — turli mamlakatlardagi millionlab mijozlar ishonch bildirgan ishonchli Forex brokeridir. Hozirda biz Osiyoning eng mashhur brokerlardan birimiz va boshqa mintaqalardagi raqobatchilardan qolishmaymiz.
Ishonchlilik
Kompaniyaning ishonchliligi — bu mijozlar kutgan natijalarni qondirish, ish va xizmatlar sifatining yuqoriligi demakdir.
Barqaror ish faoliyati
JustMarkets risk-menejment jamoasining samarali ishlashi kompaniya faoliyatining har qanday bozor sharoitida barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Hatto Shveysariya Markaziy banki EUR/CHF kursining yuqori chegarasini bekor qilganidan keyin ham, bu qaror ko‘plab Foreks brokerlarining moliyaviy muammolariga sabab bo‘lganida ham JustMarkets barqaror ishlashni davom ettirdi.
Yirik banklarning likvidligi
JustMarkets kompaniyasi uchun likvidlik dunyodagi 18 ta eng yirik bank tomonidan ta’minlanadi. Bundan tashqari, kompaniya mijozlari eng foydali buyurtmalar uchun shu banklar tomonidan taklif etilayotgan narxlar oqimidan faqat eng yaxshi narxlarni oladilar.
Malakali xodimlar
JustMarkets jamoasi moliya sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular har doim yordam berishga va mijozlarga malakali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga tayyor.
Alohida (segregatsiya qilingan) hisoblar
JustMarkets mijozlarining mablag’lari alohida bank hisoblarida saqlanadi, ya’ni JustMarkets’ning o’z mablag’lari va mijozlarning mablag’lari bir-biridan ajratilgan.
Xavfsizlik
Har bir mijoz kompaniyamiz bilan ishlash jarayonida o’z mablag’lari va shaxsiy ma’lumotlari xavfsiz saqlanishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ma’lumot uzatishni himoyalash
Ma’lumotlar SSL xavfsiz ulanishi orqali shifrlangan holda uzatiladi, bu esa siz qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar, veb-sayt bilan ishlash vaqtida uchinchi shaxslar tomonidan foydalanuvchi ma'lumotlarini ushlab qolinishining oldini olishga yordam beradi.
Manfiy balansdan himoya
JustMarkets kompaniyasi mijozlarning savdo hisoblaridagi mablag' miqdoridan oshib ketgan zararlarini qoplaydi. Bu shuni anglatadiki, bozordagi keskin harakat tufayli manfiy balans yuzaga kelsa, mijozlarni kutilmagan yo'qotishlardan himoya qilish uchun u nolga tenglashtiriladi.
Xalqaro xavfsizlik standarti
Kompaniyaning ichki tartib-qoidalari mijozlarning ma'lumotlar xavfsizligiga kompleks yondashuvni o'z ichiga olgan PCI DSS xavfsizlik standartiga asoslangan.
Ko‘p darajali serverlar tizimi
Ko'plab serverlardan tashkil topgan infratuzilma tizimning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Ma'lumotlarni zaxiralashning murakkab sxemasi esa har qanday vaziyatda mijozlarning ma'lumotlarini (shaxsiy ma'lumotlar, savdo operatsiyalari tarixi va boshqalar) yo'qotishning oldini olishga yordam beradi.
Ma’lumotlarni saqlashni himoyalash
Foydalanuvchi ma'lumotlari nafaqat kompaniya veb-sayti va brauzer o'rtasida uzatish paytida himoyalanadi, balki biz saqlanadigan barcha ma'lumotlarning shifrlanishini ham ta'minlaymiz, bu esa mijozlarimiz ma'lumotlariga ruxsatsiz kirishning oldini olishga yordam beradi.