Iqtisodiy taqvim

Myfxbook.com tomonidan taqdim etilgan Iqtisodiy taqvim

Iqtisodiy taqvim nima

Iqtisodiy taqvim — barcha muhim iqtisodiy voqealarni roʻyxatga oluvchi vosita. Baʼzi taqvimlar muhim indikatorlar, indekslar va reytinglarni ham qamrab oladi.

JustMarkets iqtisodiy taqvimi quyidagilarni taklif qiladi:

  • 1000 dan ortiq iqtisodiy voqea;
  • 50 dan ortiq davlat uchun real vaqt rejimida jonli monitoring;
  • Voqealarning taʼsir darajasi boʻyicha tasniflash;
  • Joylashuvingizga qarab moslashtiriladigan vaqt zonalari;
  • Android va iOS ilovalari.

Biz taqvimni butun dunyo boʻylab millionlab jurnalistlarning yordami bilan muntazam ravishda yangilab boramiz. Maʼlumotlar haftaning 5 kuni, sutkaning 24 soatida uzluksiz keladi. Qanday holat boʻlishidan qat’i nazar, siz har doim eng soʻnggi yangiliklar va eng dolzarb maʼlumotlarga ega boʻlishingizni taʼminlaymiz.

Iqtisodiy voqealar nima

Iqtisodiy voqealar — bu yangiliklar, hisobotlar, hukumat rasmiylarining bayonotlari va boshqa ommaviy axborot vositalaridagi maʼlumotlardir, ular Forex kotirovkalari narxiga taʼsir qilishi mumkin.

Mana baʼzi muhim iqtisodiy voqealar misollari:

  • YaIM hisobotlarini eʼlon qilish;
  • FOMC bayonnomalarini eʼlon qilish;
  • Ish oʻrinlari va mehnat aylanmasi boʻyicha hisobotni yangilash;
  • Yevropa Markazib Banki (ECB) Prezidentining Asosiy Foiz stavkasi bo‘yicha nutqi;
  • Britaniya parlamentining Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi boʻyicha ovoz berishi.

Bu voqealarning barchasi bir xil darajada kuchli emas. Ammo ularning har biri iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, bozorga ta’sir qilishi va xarid qilish yoki sotishga olib kelishi aniq.

Treyderlar uchun iqtisodiy taqvim nega zarur

Iqtisodiyot — bu real dunyo voqealari taʼsiriga kuchli darajada uchraydigan fan. Va iqtisodiy tamoyillarga asoslangan amaliy Forex savdosi bunga yaqqol misoldir. Matematik naqshlar va boshqa narx harakati tizimlari koʻp hollarda ishonchli boʻlsa-da, ular real dunyoda yirik voqea yuz berganda foydasiz boʻlib qoladi.

Iqtisodiy taqvimlar keyingi tahlil uchun maʼlumot beradi va Forex bozori kelajakda qaysi yoʻnalishda harakat qilishini oldindan aytishga yordam beradi. Ular asosan fundamental tahlil tarafdorlari tomonidan qoʻllaniladi. Baʼzi Forex savdo strategiyalari, masalan, skalping, iqtisodiy taqvimlardan foydalanib, bozor harakatlarini oldindan aytish va ulardan foyda olish maqsadida tuziladi.

Ammo agar siz fundamental tahlilni yoqtirmasangiz ham va narx harakati strategiyalariga rioya qilsangiz ham, Iqtisodiy taqvimdan foydalansangiz, real voqealar bozorga qachon taʼsir qilishi mumkinligini koʻrishingiz mumkin.

Iqtisodiy taqvimdan qanday foydalanish kerak

JustMarkets iqtisodiy taqvimi barcha savdoga oid voqealarni xronologik tartibda sanab oʻtadi.

  • Birinchi ustun voqea sodir boʻladigan aniq sana va vaqtni koʻrsatadi;
  • Ikkinchi ustun voqea boshlanishigacha qancha vaqt qolganini koʻrsatadi;
  • Uchinchi ustun voqea nomini hamda u yuz beradigan mamlakat bayrogʻini oʻz ichiga oladi;
  • Toʻrtinchi ustun voqeaning bozorga qay darajada taʼsir qilishini va qanday volatillikka sabab boʻlishini tushuntiradi;
  • Beshinchi ustun voqea valyuta holatiga qanday oʻzgarish kiritishi mumkinligini prognoz qiladi;
  • Oltinchi ustun zarurat boʻlsa, prognoz bayonotini qayta koʻrib chiqadi;
  • Yettinchi ustun voqea tugagach toʻldiriladi va valyutaga haqiqiy taʼsirini koʻrsatadi.


Har bir voqeani bosib, uning tavsifini hamda u haqda batafsil maʼlumot keltirilgan havolani koʻrishingiz mumkin.

ESLATMA. Agar siz faqat asosiy valyutalar bilan savdo qilsangiz va oʻz tahlillingizni olib borishni istamasangiz – bizning Bozor Koʻrinishlari va Kundalik Prognozlarimizni tekshirib koʻring. Ular eng muhim voqealarni sanab oʻtadi va ularning bozorda qanday taʼsir qilishini tushuntiradi.

Ahamiyatsiz voqealarni qanday filtrlash kerak

Agar sizga ahamiyatsiz voqealar juda koʻpdek tuyulsa – tashvishlanmang, kerak bo‘lmaganlarini filtrlashingiz mumkin. Buning uchun “Ko‘proq” tugmasini bosing va filtr sozlamalarini o‘rnating.
Bu yerda siz hozir savdo qilmayotgan valyutalarni, shuningdek siz uchun yetarli volatillik keltirmaydigan past taʼsirli voqealarni olib tashlashingiz mumkin.